Navoiyda YTHda o‘lgan bank xodimlari dam olish kuni ishga chaqirilib, halokatga uchragani tasdiqlandi

3-sahifa

image

Avvalroq, Navoiy viloyatida AT “Xalq banki” Nurota tuman filiali boshqaruvchisi Temurmalik Pirmatov (1992 yil), bosh hisobchisi Muzaffar Saidov (1981 yil), Monitoring bo‘limi boshlig‘i Yunusjon Ravshanov (1989 yil) mudhish YTH oqibatida vafot etgani haqida xabar bergan edik. YTHda yana bir avtomobildagi 5 kishi ham halok bo‘lgandi.

YTH shanba kuni yuz bergani, bu kunda bank xodimlari dam olishi kerakligi, ammo negadir bir bankning uch rahbar xodimi birgalikda katta tezlikda Nurotaga ketayotgani aytilgandi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi holat yuzasidan tekshiruv boshlagandi. Vazirlik o‘tkazilgan tekshiruv natijalarini e’lon qildi.

Qayd etilishicha, Mehnat vazirining 2021 yil 8 noyabrdagi 407-ICH-sonli buyrug‘iga asosan tuzilgan maxsus komissiya tomonidan to‘liq o‘rganilgan.

“Ushbu vaziyat mehnat faoliyati bilan bog‘liq holda yuz bergan hodisa deb topildi va jabrlanuvchilarning har biriga N-1 shaklidagi dalolatnoma tuzish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi AT “Xalq banki” boshqaruvi raisi nomiga va AT “Xalq banki” Navoiy viloyati filialiga yozma ko‘rsatma kiritildi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, maxsus tekshirish materiallari Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasiga yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

591

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing