Navoiyda YTH: 23 yashar yigit otasi tengi erkakning o‘limiga sababchi bo‘ldi

3-sahifa

image

Kecha, 11 sentyabr kuni Navoiy viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida mast velosiped haydovchisi vafot etdi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

YTH soat 02:30 larda Navoiy viloyati, Xatirchi tumani, “Alisher Navoiy” MFY hududidan o‘tgan 4R-56 avtomobil yo‘lining 20-kilometrida yuz bergan. Haydovchi, 1997 yilda tug‘ilgan O‘.Yo. Nexia rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, qarshisidan, mast holda harakatlanib kelayotgan velosiped haydovchisi, 1969 yilda tug‘ilgan A.T.ni urib yuborgan.

Natijada, velosiped haydovchisi 51 yoshli A.T. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Xatirchi tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Navoiy

Baholaganlar

86

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing