Navoiyda Yangi yil tadbiriga chaqirilgan bog‘cha mudiralari YTHga uchradi. Qurbon bor

3-sahifa

image

Navoiy viloyatida Yangi yil tadbiriga ketayotgan bog‘cha mudiralari “Konimex–Zarafshon” yo‘nalishidagi avtomobil yo‘lida yo‘l transport hodisasiga uchradi. Oqibatda 79 yoshli bog‘cha mudirasi vafot etgan. Holatga viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.

Holat joriy yilning 28 dekabr kuni sodir bo‘lgan. Tadbirga borayotgan Zarafshon shahridan kelayotgan 4 nafar bog‘cha mudirasi yo‘lda YTHga uchragan. Ulardan biri mashina boshqaruvida bo‘lgan. Qolgan uch kishi esa olingan turli tan jarohatlari tufayli shifoxonaga yotqizilgan. Viloyat MMTB bergan munosabatga ko‘ra, o‘sha kuni soat 10:30 da viloyatning “Ma’naviyat va ma’rifat” markazida (Shirin madaniyat saroyi) Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining 2024 yil yakunlariga bag‘ishlangan tadbiri o‘tkazilishi reja qilingan.

“Ushbu sarhisob tadbirida uzoq yillar ta’lim sohasi rivojiga munosib hissa qo‘shgan, 2024 yilda yutuqlarga erishgan rahbar kadrlarni, tizimda yuqori natijalarga erishgan pedagog xodimlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida rag‘batlantirish ham nazarda tutilgan edi”, deyilgan xabarda.

Qayd etilishicha, rag‘batlantiriluvchi rahbar kadrlar orasida Zarafshon shahridagi 3-son davlat maktabgacha ta’lim muassasasi direktori Gubina Galina Fedorovna ham bor bo‘lgan. Yo‘lda avtohalokat tufayli uning vafoti munosabati bilan tadbir qoldirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentning Uchtepa, Olmazor va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida uchta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi. Oqibatda ikki haydovchi va bir yo‘lovchi jarohat olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy Yangi yil bog'cha mudiralari Gubina Galina Fedorovna

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing