Navoiyda yana avtobus ag‘darilib ketdi (video)

3-sahifa

image

Joriy yilning 17 yanvar kuni Navoiy viloyatida avtobus ag‘darilib ketdi. Hodisa oqibatida 2 nafar shaxs jarohat oldi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 07:00 larda Tomdi tumani “Tomdibuloq” OFY hududidan o‘tgan A-379 “Navoiy-Uchquduq” xalqaro ahamiyatga molik avtomobil yo‘lining 189-190 kilometrlari oralig‘ida Zhong tong bus rusumli avtobus “Navoiy-Zarafshon” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelib boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda yo‘nalish bo‘yicha yo‘lning qarama-qarshi tomoniga ag‘darilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Bildirilishicha, hodisa oqibatida ikki nafar jabrlangan fuqaro Zarafshon shahar  tibbiyot bo‘limiga yetkazilgan. Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Navoiy viloyatining Tomdi tumanida ichida 47 yo‘lovchisi bor avtobus ag‘darilib ketgandi. Hodisa oqibatida 2 kishi vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy avtobus yo'l-transport hodisasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing