Navoiyda yana avtobus ag‘darilib ketdi

3-sahifa

image

Joriy yilning 31 yanvar kuni Navoiy viloyatining Tomdi tumanida Isuzu rusumli yuk transport vositasi ag‘darilib ketdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Tomdi tumani hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan A-379 avtomobil yo‘lining 192-193 kilometrlari oralig‘ida “Navoiy-Zarafshon” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan korxonalardan biriga tegishli bo‘lgan Isuzu rusumli yuk transport vositasi haydovchining chalg‘ishi oqibatida yo‘ldan chiqib ketgan.

Bildirilishicha, mazkur avtobus aholiga xizmat ko‘rsatuvchi avtobus emas va hodisa oqibatida tan jarohati olganlar hamda vafot etganlar yo‘q. Holat yuzasidan viloyat IIB JXX YHXB tomonidan qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 17 yanvar kuni ham Navoiy viloyatida avtobus ag‘darilib ketgandi. Hodisa oqibatida 2 nafar shaxs jarohat olgan. Qolaversa, ushbu voqeadan oldinroq Navoiy viloyatining Tomdi tumanida ichida 47 yo‘lovchisi bor avtobus ag‘darilib ketgandi. Hodisa oqibatida 2 kishi vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy avtobus Tomdi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing