Navoiyda o‘nga yaqin kishi, jumladan IIB tergovchisi voyaga yetmagan qizni zo‘rladi
3-sahifa
−
07 iyul
31847Ijtimoiy tarmoqlarda hamda bir qator ommaviy axborot vositalarida Navoiy viloyatining Navoiy shahrida voyaga yetmagan qizni o‘nga yaqin kishi va IIB tergovchisi zo‘rlagani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura rasmiy bayonot berdi.
Ma’lum qilinishicha, Navoiy shahar prokuraturasi tomonidan voyaga yetmagan qiz bilan bog‘liq holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 128-1-moddasi (O‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxs bilan moddiy qimmatliklar berish yoki mulkiy yoxud boshqacha tarzda manfaatdor etish orqali jinsiy aloqa qilish) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shuningdek, jinoyat ishi doirasida 1 nafar shaxs qamoqqa olingan.
“Sodir etilgan qilmish jinsiy jinoyatlar toifasiga tegishli bo‘lganligi sababli boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi”, deyilgan xabarda.
Ma’lumot uchun, yuqoridagi modda bilan bog‘liq jinoyatni sodir etganlik uchun uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan to‘rt yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan to‘rt yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 11 yashar qizchani zo‘rlagan 31 yoshli erkak qo‘lga olingandi.