Navoiyda o‘quvchilarning soch olish “marosimi” o‘tkazildi. Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi
Jamiyat
−
23 fevral
11215Avvalroq, OAVda Navoiy shahridagi 2-umumta’lim maktabida o‘quvchilarning ommaviy soch olish “marosim”i o‘tkazilgani haqida xabar tarqalgandi. Viloyat MMTB boshlig‘i va Bolalar ombudsmani holatni qoralab, munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, ushbu maktab direktori Nurqobil Yusupov tashabbusi bilan maktabga sartarosh chaqirtirilib, turli sinflarda o‘qiyotgan o‘g‘il bolalar sport zalga to‘plangan hamda sochi olingan. Jarayonni milliy gvardiya xodimlari ham kuzatib turgani aytilmoqda.
“Maktab ma’muriyati tomonidan bunday harakatlarga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Birinchi navbatda, bu umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining odob-axloq qoidalariga zid. Muhimi esa, bu bolaning Konstitutsiyada kafolatlangan shaxsiy daxlsizlik huquqi hamda uning sha’ni va qadr-qimmatining buzilishidir. Mazkur harakatga yo‘l qo‘ygan mas’ullarga nisbatan tegishli chora ko‘rilishi zarur”, deyiladi Bolalar ombudsmanining munosabatida.
Hozirda bu kabi nomaqbul holatlarning boshqa ta’lim muassasalarida ham yuzaga kelmasligi uchun chora ko‘rilayotgani qo‘shimcha qilingan.
Ulkanbayeva Rayhona
LiveBarchasi
16:25