Navoiyda o‘quvchi qiz joniga qasd qildi. Bunga maktab direktori aybdormi? 

3-sahifa

−

image

Navoiyda ota qizining darsdan keyin o‘z joniga qasd qilishga urinishida maktab direktorini ayblab, janjallashdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Joriy yilning 15 may kuni soat 15:00 da “Langar” mahallasida yashovchi fuqaro M.A. 58-sonli maktab binosiga pichoq bilan kelib baqir-chaqir qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, ota qizi A.S.ni darsdan chiqib kelib, uyida dori ichgani uchun maktab direktorini ayblagan. Fuqaro M.A. maktab rahbari bilan janjallashib ketgan. 

Aniqlanishicha, o‘quvchi qiz joriy yilning 6 aprel kuni dori ichgan.

Mazkur holat yuzasidan hozirda Xatirchi tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing