Navoiyda tug‘ruqxonaga o‘z oyog‘i bilan borgan ayolning o‘ligi chiqdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda uch nafar voyaga yetmagan bolalar, ularning otasi va bobosi Navoiy viloyatida joylashgan tuqruqxona kompleksi ostonasida yig‘lab turgani aks etgan video tarqaldi. Qo‘liga qizining suratini olgan keksa otaxon shifokorlarning savodsizligi, bitta noto‘g‘ri ukol bilan qizi o‘lib ketganini aytmoqda. Marhumaning yaqinlari o‘z videomurojaatida ayol tuqruqxonaga o‘z oyog‘i bilan yurib kelgani, biroq shifokorlar tomonidan ko‘rilgan noto‘g‘ri choralar sabab qurbon bo‘lganini ta’kidlab, ularga chora ko‘rilishini so‘ramoqda. 

 

 

Mazkur holatga nisbatan Navoiy viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi munosabat bildirdi.  

Rasmiy bayonotda ta’kidlanishicha, joriy yilning yilning 16 mart kuni Navoiy viloyat perinatal markazi ginekologiya bo‘limiga 12 haftalik homilasining nobud bo‘lgani haqida murojaat qilgan Navbahor tumani “O‘zbekiston” mahalla fuqarolar yig‘ini (MFY)da yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan O.F. “Homiladorlik 4. 14-xafta  4-kun Tug‘ruq 3. Rivojlanmay qolgan homila” tashxisi bilan qabul qilingan. 

“Bemor bo‘limda davolash-tashxislash standartlari asosida to‘liq tekshiruvlardan o‘tkazilib, homilaning uch xaftadan ortiq rivojlanmay qolganligi, umumiy qon tahlilida leykotsitlar miqdori normadan oshganligi  inobatga olinib, septik asoratlarning oldini olish va  antibiotiko-profilaktika maqsadida “Seftriakson” dori vositasining 1,0 grami mushak orasiga sinamasidan so‘ng in’eksiya o‘tkazish tavsiya berilgan. 

2021 yil 16 mart kuni soat 17:50 lar atrofida muolaja hamshirasi tomonidan ushbu dori vositasi bilan o‘ng bilak sohasiga sinama qo‘ygandan keyin to‘satdan anafilaktik reaksiya, anafilaktik shok va klinik o‘lim holati kuzatilgan. O‘tkazilgan tezkor reanimatsion chora-tadbirlardan so‘ng yurak faoliyati tiklanib, reanimatsiya bo‘limida uzaytirilgan su’niy nafas berish apparatida intensiv davo muolajalari davom ettirilgan”, deyiladi bayonotda.

Navoiy viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasining o‘ziga qaratilgan oqlovida davolash jarayonida 17, 23 va 25 mart kunlari mamlakatning malakali anesteziolog va reanimatologlari tomonidan ko‘rilib, kerakli tavsiyalar berilgani va buyurilgan tavsiyalar asosida davo muolajalari olib borilgani aytilgan. 

O‘tkazilgan intensiv davo muolajalariga qaramasdan joriy yilning 25 mart kuni bemor O.F.da biologik o‘lim qayd etilgan.  

Hozirda mazkur holat yuzasidan Navoiy shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.  


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy

Baholaganlar

1229

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing