Navoiyda TATUning filiali ochiladi

Jamiyat

image

Navoiy viloyatida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining filialini tashkil etish ishlari boshlab yuborildi. Shuningdek, yana 4-5ta xorij OTM filiallarini ochish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Bu Respublika Prezidentining joriy yil 15 mayidagi “Navoiy viloyatini innovatsion, yuqori texnologiyalarga asoslangan, eksportga yo‘naltirilgan va import o‘rnini bosadigan ishlab chiqarishlar uchun erkin iqtisodiy zona sifatida belgilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni turtki berdi.

Shuningdek, o‘tgan qisqa fursatda viloyat hokimi tomonidan Germaniya va Eron hamda hamdo‘stlik davlatlarining bir qator tadbirkorlari qabul qilinib, viloyatning Qiziltepa, Xatirchi va Uchquduq tumanlarida investitsiya kiritgan holda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish kelishuvlarga erishildi.

Respublika Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan tasdiqlangan Media-rejaga asosan, Navoiy viloyati hokimligi hamda “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi ma’muriyati hamkorligida o‘tkazilgan brifingda yuqoridagi ma’lumotlar hamda viloyat investitsion hayotidagi boshqa yangiliklar jurnalistlar e’tiboriga havola etilib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berildi.


Maqola muallifi

Teglar

TATU

Baholaganlar

36

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing