Navoiyda somon ortilgan traktor yonib ketdi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda harakatlanib ketayotgan traktordagi uch “pritsep” somon yonib ketayotgani tasvirlangan videolar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Favqullodda vaziyatlar vazirligi munosabat bildirdi.

Aytilishicha, joriy yilning 4 iyul kuni soat 16:47 da Navoiy viloyati Navbahor tumani “Mehnat” MFY hududidan o‘tuvchi “Uchtut-qalqon” yo‘lining 3 kilometrida harakatlanib ketayotgan traktor tirkamalaridagi somon yonib ketgan.

Yong‘inni bartaraf etish uchun voqea joyiga yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 17:02 da yetib borib, yong‘in soat 17:06 da qurshab olingan va 9 daqiqada o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida traktor tirkamalaridagi 300 preslangan somon donasi hamda tirkamaning 1 dona g‘ildirak shinasi yongan. Yong‘indan tan jarohati olganlar yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy traktor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing