Navoiyda sobiq maktab direktori 2,5 yilga qamaldi

3-sahifa

image

O‘qituvchi degan ulug‘ nomga dog‘ tushirib, poraxo‘rlikda ayblangan Navoiy viloyati Xatirchi tumani 62-sonli umumta’lim maktabi sobiq direktori A.R. qonun oldida javob berdi. U 2,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

2020 yil 28 iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati Karmana tumani sudining ochiq sud majlisida Xatirchi tumani 62-sonli umumta’lim maktabi direktori lavozimida ishlagan Rizayev Anvarga (shaxsi o‘zgartirilgan) nisbatan bo‘lgan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

A.Rizayev maktabning umumiy faoliyatiga rahbarlik qilish, pedagog xodimlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash, tegishli malaka va kompetensiyalarga ega xodimlarni tanlash va joylashtirish, kadrlar zaxirasini shakllantirish hamda ijro, mehnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya qilinishini ta’minlash kabi vakolatga ega ma’muriy-xo‘jalik vazifalarini amalga oshiradigan davlat organi mansabdor shaxsi bo‘la turib, Xalq ta’limi vazirining 2019 yil 28 dekabrdagi  “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim muassasalari hamda “Mehribonlik uylari” boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv yordamchi xodimlarning namunaviy shtatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 406-sonli buyrug‘iga asosan o‘zi rahbarlik qilib kelayotgan maktabda kotiba vazifasida ishlab kelayotgan F.Sultonovani shtat birligi kadrlar bo‘yicha menejerga o‘zgartirganidan foydalanib, F.Sultonovani O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 103-moddasiga ko‘ra, mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ishlar xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarishi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishda qoldirish uchun beriladigan imtiyozli huquqqa ega ekanligini bilgani holda, uni pora berishga majbur etadigan sharoitga qasddan tushirish maqsadida F.Sultonovaga joriy yilning 3 fevral kuni ish o‘rni qisqarganligi va boshqa ish o‘rni mavjud emasligi vaji bilan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 1 martdan bekor qilinishi haqida ogohlantirish xati beradi.

Shundan so‘ng, mazkur maktabning kimyo fani o‘qituvchisi O‘.Sultonov X.Quchqorovga turmush o‘rtog‘i F.Sultonova bilan yangi mehnat shartnomasi imzolash va ishda qoldirishni so‘rab murojaat qilganidan o‘zining g‘araz maqsadlarida foydalanib, qonunga xilof ekanligini bilgani holda mulkiy manfaat ko‘rishni ko‘zlab, F.Sultonovani maktabning kadrlar bo‘yicha menejer vazifasiga ishga qabul qilish uchun O‘.Sultonovdan ta’magirlik yo‘li bilan 200 AQSH dollari miqdorida pora berishni talab qiladi. So‘ng undan kimyoviy ishlov berilgan 1 mln 200 ming so‘m pullarni joriy yilning 8 may kuni soat 17:00 larda o‘zining xizmat xonasida olgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlanadi.

Sud, A.Rizayev aybiga to‘liq iqrorligini, qilmishidan pushaymondaligini, shaxsini, yoshini, oilaviy sharoitini, jazoni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi JKning 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan JKning 45,57-moddalari tartibida 2 yil muddatga halq ta’limi sohasida mansabdorlik va moddiy javobgarlik ishlarida ishlash huquqidan mahrum qilish hamda 2 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya

Baholaganlar

125

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing