Navoiyda savdo markazi yonib ketdi (video)
3-sahifa
−
06 may 7347 1 daqiqa
Bugun, 6 may kuni Navoiy viloyati Karmana tumanidagi savdo majmuasida yong‘in chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 05:15 da Navoiy viloyati Karmana tumani “Arg‘un” MFY Arg‘un shoh ko‘chasida joylashgan savdo majmualarining birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida 112 tizimi orqali FVBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 05:18 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 05:50 da qurshab olingan va 06:24 da bartaraf etilgan.
Bildirilishicha, yong‘inda savdo majmuaning 200 kvadrtat metr maydoni ichki qismi hamda mahsulotlari yongan. Yong‘inni bartaraf etishga 6 ta asosiy turdagi hamda 1 ta maxsus turdagi texnika jalb etilgan. Hodisa oqibatida tan-jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot tushmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani Qo‘shbegi ko‘chasidagi texnopark hududida joylashgan sintifon ishlab chiqarish sexida yong‘in ro‘y bergan edi. Oqibatda 2 kishi halok bo‘lgan, 5 kishi jarohatlangandi.
Live
Barchasi