Navoiyda SEOM mansabdorlari inqirozga qarshi kurashga ajratilgan pullarni talon-taroj qildi

Jamiyat

image

Navoiy viloyatida sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazi mansabdor shaxslari va boshqalar Moliya vazirligining Navoiy viloyatidagi inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasiga ajratilgan pul mablag‘lari talon-taroj qilingani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Navoiy viloyati sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazi mansabdor shaxslari va boshqalar oldindan til biriktirib, jamg‘arma tomonidan ajratilgan 5 mlrd so‘m mablag‘larning bir qismini talon-toroj qilish maqsadida, “T.” va “I-P.” MCHJdan kimyoviy dizenfeksiya vositalari hamda infeksiyaga qarshi tibbiy himoya vositalarini qimmat narxlarda xarid qilishgan. Ular shu orqali jami 222,3 mln so‘mni rastrata qilish yo‘li talon-taroj qilib, davlat byudjetiga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Navoiy viloyati sanitariya va epidemiologiya osoyishtalik markazi mansabdor shaxslari, “T.” va “I-P.” MCHJ rahbarlari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Buxoro viloyatida Moliya vazirligi tomonidan inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasiga ajratilgan 200 mln so‘mdan ortiq byudjet mablag‘lari talon taroj qilingani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy talon-taroj

Baholaganlar

242

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing