Navoiyda pochchasi bilan janjallashib qolgan uka opasini pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Navoiy viloyati Karmana tumanida pochchasi bilan janjallashib qolgan uka ularni ajratishga uringan opasini pichoqlab qo‘ydi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Karmana tumanida yashovchi Uyg‘un (ism-shariflar o‘zgartirilgan) bayramni uyida qarindoshlari bilan birga nishonlashga qaror qilgan va ikki opasiga qo‘ng‘iroq qilib, avval bayram bilan tabriklagan so‘ng, ularni pochchalar bilan birga uyiga mehmondorchilikka chaqirgan.

Shu kuni tushda Uyg‘un to‘ng‘ich pochchasi bilan ichkilikbozlikni boshlab yuborgan. Kechki payt ularning davrasiga kichik pochchasi Davlat Otajonov ham kelib qo‘shilgan. Birozdan so‘ng katta pochcha uyiga ketgan.

Uyg‘un bilan Davlat esa, ichkilikbozlikni davom ettirgan. Biroq ular o‘zaro gap talashib qolgan va Uyg‘un pochchasini haqoratlagan. Davlat ham bunga javoban har xil noo‘rin so‘zlar aytgan. Jahl otiga mingan Uyg‘un Davlatning kiyimini yirtib tashlagan. Shunda uning opasi o‘rtaga tushib, erini tashqariga chiqarib yuborgan. Bundan g‘azablangan Uyg‘un opasining chap tomon yelka o‘mrov sohasiga qo‘lidagi o‘tkir oshxona pichog‘ini sanchib olgan. Og‘ir tan jarohati olgan ayol tez tibbiy yordam avtomashinasida zudlik bilan shifoxonaga olib borilgan. Biroq ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay, uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

Sud majlisida so‘roq қи­линган sudlanuvchi Uyg‘un Shokirov aybiga iqrorlik bildirmagan. Uning ta’kidlashicha, “tarvuz so‘yayotganda pichoq to‘satdan opasining tanasiga kirib ketgan”.

Jinoyat ishi yuzasidan guvoh sifatida so‘roq qilingan jabrlanuvchining qonuniy vakili Davlat Otajonov va бош­қа guvohlarning ko‘rsatmalari, shuningdek, Xadicha Sulaymonova nomidagi sud-tibbiy экс­пертиза ilmiy-amaliy markazi Navoiy filiali Karmana tuman бўлинма­сининг 2020 yil 10 sentyabrdagi 51-sonli xulosasiga asoslanib, sudlanuvchining ko‘rsatmalarini javobgarlikdan qutulib qolish maqsadida o‘ylab topilgan vajlar deb topdi.

Sud sudlanuvchi Uyg‘un Shokirovni Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topgan va unga 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum қи­лиш jazosini tayinlagan.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik

Baholaganlar

506

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing