Navoiyda Nexia boshqaruvi yo‘qotilishi oqibatida halokatli YTH sodir bo‘ldi
Jamiyat
−
25 aprel 2020
7740Joriy yilning 23 aprel kuni Navoiy viloyatida Nexia rusumli transport vositasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Shu kuni 16:30 larda viloyatning Konimex tumani hududidan o‘tgan A-379 “Navoiy-Uchquduq” avtomobil yo‘lining “Navoiy-Zarafshon” yo‘nalishida haydovchi mashina boshqaruvini yo‘qotib qo‘yadi. Oqibatda transport vositasi yo‘lning o‘ng chetiga chiqib ag‘darilib ketadi.
YTH oqibatida haydovchi H.I. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan. Olib borilgan tibbiy muolajalarga qaramay, u joriy yilning 24 aprel kuni soat 11:00 larda jonlantirish bo‘limida vafot etgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchining yoshi 24 da bo‘lgan.
LiveBarchasi