Navoiyda mudhish YTH. 1 yashar chaqaloq qurbon bo‘ldi

Jamiyat

image

Navoiy viloyatida sodir bo‘lgan YTH ikki kishining umriga zomin bo‘ldi. Ulardan biri 1 yashar go‘dak. Bu haqda O‘zbekiston Respublaksi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda. 

YTH kecha, 9 fevral kuni soat 01:50 da sodir bo‘lgan. 24 yoshli R. N.  Lacetti rusumli avtomashinasini Konimex tumani hududidan o‘tuvchi A-379 “Zarafshon-Navoiy” avtomobil’ yo‘li bo‘ylab boshqarib borib,  mazkur yo‘lning 154 kilometrida belgilangan tezlikni oshirgan holda harakatlanib kelayotgan vaqtida, boshqaruvni yo‘qotadi. Shu vaqt u qarama-qarshi harakat yo‘nalishiga chiqib ketgan va 23 yoshli N.J. ning boshqaruvida bo‘lgan Nexia rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan. 

Natijada Nexia rusumli avtomashina xaydovchisi N.J. voqea joyida va avtomashina yo‘lovchisi 1 yoshli chaqaloq A.Ch. Zarafshon shahar tibbiyot birlashmasida vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan Konimex tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

251

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing