Navoiyda “Mehrik” va yana 9 kishi qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Navoiy viloyatida “Dolzarb 40 kunlik” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida huquq tartibot organlari tomonidan “Mehrik” laqabi bilan tanilgan, 1991 yilda tug‘ilgan Mehriddin Muzaffarovich Allayorov qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

“Mehrik” bilan bir qatorda, 1995 yilda tug‘ilgan Umid Shuxratovich Turayev va ularning 8 nafar jinoiy sheriklari ham ushlangan. 

Bildirilishicha, hozirda ushbu shaxslarga nisbatan sodir etgan xatti-harakatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan hamda qamoqqa olinib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

“Navoiy viloyati IIB mazkur shaxslardan jabrlangan yoki ularning jinoiy xatti-harakatlari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolarni viloyat IIBning 79-229-50-22, 79-229-50-23 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishlarini so‘raydi. Ma’lumot taqdim etgan insonlarning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy Dolzarb 40 kunlik Mehrik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing