Navoiyda mast haydovchi “Nexia-3”ni “vinovodka”ga urdi

Jamiyat

image

Navoiyda mast haydovchi “Nexia-3”da aroq do‘koniga borib urildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati matbuot bo‘limi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 15 iyul kuni soat 03:30 larda buxorolik 37 yoshli haydovchi “Nyexia-3”da Karmana tumani hududidan o‘tgan yo‘lda svetoforning taqiqlovchi chirog‘ida harakatlangan va “Cobalt” bilan to‘qnashgan. Shundan so‘ng, boshqaruvni yo‘qotgan haydovchi shu atrofda joylashgan spirtli ichimliklar do‘koniga borib urilgan.

Shuningdek, u mazkur YTHni sodir etguniga qadar ham  Alisher Navoiy ko‘chasi bo‘ylab harakatlanish davomida bir nechta qo‘pol qoidabuzarliklar sodir etgani kuzatuv kameralariga tushgani ma’lum bo‘ldi.

YPX inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv davomida haydovchi mast holatda ekani aniqlangan. Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, sudga yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Navoiy vinovodka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing