Navoiyda mansabdor 92 mln so‘mdan ortiq jarimaga tortildi

Jamiyat

image

Navoiy viloyatida 3 tup tut daraxtini kesgan rahbar 92 million 400 ming so‘m jarimaga tortildi. Bu haqda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi axborot xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha, viloyat Ekologiya boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan Navoiy shahar hududida nazorat reyd tadbirlari o‘tkazilgan. Tadbir davomida “Tong” majmuasi hududida “I.G.N.” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan qurilish ishlari olib borilayotganida 3 tup tut daraxti kesilganligi aniqlangan. 

Holat yuzasidan MCHJ rahbari R.A.ga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, tabiatga 92 million 400 ming so‘m zarar yetkazilganligi aniqlangan. Hozirda to‘plangan hujjatlar sud organlariga yuborilib, tabiatga yetkazilgan zararni undirish choralari ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatidagi Katta Andijon kanali qirg‘og‘ida o‘sib turgan 1213 tup daraxt yanvar-fevral oylarida kesib tashlangani, buning oqibatida tabiatga 4,6 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlangandi. Holat yuzasidan Farg‘ona viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi (Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy daraxt jarima

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing