Navoiyda maktab o‘quvchilari YTH sodir etdi. Qurbon bor

3-sahifa

image

Navoiy viloyatining Karmana tumanida maktab o‘quvchisi boshqarib ketayotgan avtomobil yo‘l transport hodisasiga uchradi. Bu haqda Navoiy viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, voqea 22 aprel kuni soat 21:00 lar atrofida tumanning Malik mahallasi hududida sodir bo‘lgan. Cobalt avtomobili ichida 22-umumta’lim maktabining ikki o‘quvchisi bo‘lgan. Mashina boshqaruvi yo‘qotilishi oqibatida u yo‘ldan tashqariga chiqib ketgan.

YTH oqibatida 9-sinf o‘quvchisi shifoxonada vafot etgan. 11-sinf o‘quvchisi esa tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatida 16 yoshli yigit sodir qilgan yo‘l-transport hodisasida 2 kishi hayotdan ko‘z yumgandi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Navoiy Cobalt maktab o'quvchilari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing