Navoiyda maktab o‘quvchilari ommaviy mushtlashdi (video)
3-sahifa
−
31 Oktabr
19112Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv ro‘y berdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, holat joriy yilning 28 oktyabr kuni Zarafshon shahrida joylashgan 3-sonli maktabning bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida tanaffus paytida yuzaga kelgan.
O‘quvchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan tartibsizlik bo‘yicha shahar hokimligi, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, Ichki ishlar bo‘limi, Milliy gvardiya xodimlari va maktab ma’muriyati tomonidan tezkor o‘rganish o‘tkazilib, o‘quvchilarning ota-onalari bilan yig‘ilish tashkil etilgan.
“Tartibsizlikni keltirib chiqargan va ishtirok etgan o‘quvchilarning ota-onalariga hamda maktab rahbariyati va mas’ul xodimlari ish faoliyatiga nisbatan huquqiy baho berilishi yuzasidan ishlar amalga oshirilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanidagi sport majmuasida maktab o‘quvchilari mushtlashgandi.