Navoiyda ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi (video)

Jamiyat

−

image

Navoiy shahrida joylashgan ko‘p qavatli xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, 11 mart kuni soat 09:25 da Navoiy shahri “Umid” mahallasi, G‘alaba shohko‘chasidagi xonadonlardan birining 40 kv/m maydonida ichki qismi hamda uy jihozlari yongan. Yong‘indan yashash uyining 20 kv/m maydoni saqlab qolingan.

Voqea joyiga qutqaruv ekipajlari soat 09:31 da yetib borib, 09:34 da o‘rab olingan va 09:41 da yong‘in o‘chirilgan. Voqea joyiga shahar FVBdan 4 ta ekipaj jalb etilgan. 

"Hozirda voqea sababi va zarari aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q", deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing