Navoiyda xotin erini zaharlab o‘ldirdi
3-sahifa
−
16 iyul
17807Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida yashovchi ayol o‘z turmush o‘rtog‘ini avval zaharlab, so‘ng tayoq bilan urib o‘ldirdi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea tumanning Bog‘chakalon mahallasida sodir etilgan. Bunga oilaviy kelishmovchilik sabab bo‘lgan. Marhum Q.Q. 2023 yilning sentyabr oyidan X.Q. bilan shar’iy nikoh asosida tumanning Bog‘chakalon mahallasida yashab kelgan. 2024 yilning aprel oyidan erkakning qizi ham turmushidan ajrashib, ular bilan yashay boshlagan.
Joriy yilning 21 iyun kuni soat taxminan 22:00 larda X.Q. erining qizi bilan birgalikda turmush o‘rtog‘ining doimiy ravishdagi tazyiqi va kamsitishlaridan qutulish maqsadida uni o‘ldirishni rejalashtirishgan. Tuzilgan rejaga asosan dorixonadan 20 dona “Enam” dori vositasini olib kelingan. So‘ngra uni qatiqqa qo‘shib, erkakka ichirishgan.
Q.Q. dori ta’sirida holsizlanib, ko‘ngli aynigan hamda hushsiz holatga kelgan. Bundan foydalangan ayollar yog‘och bo‘lagi bilan uning bosh qismiga bir necha marotaba urib, tan jarohati yetkazgan. Oqibatda Q.Q. voqea joyida vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda 32 yoshli ayol erining oyoq-qo‘lini bog‘lab, tiriklayin yoqib yuborgandi.