Navoiyda Xalq ta’limi mansabdorlari 43,6 mln so‘mni “yeb yubordi”

3-sahifa

image

Navoiy viloyati Xatirchi tumani Xalq ta’limi bo‘limi mansabdor shaxslari byudjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Respublika Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruv natijasiga ko‘ra, viloyatning Xatirchi tuman Xalq ta’limi bo‘limi mansabdor shaxslari o‘zaro jinoiy til biriktirgani aniqlangan. Mansabdor shaxslar 2022 yil iyun-dekabr oylarida 43,6 mln so‘m miqdoridagi rag‘batlantirish va ish haqlarini noqonuniy hisoblab, byudjet mablag‘larini talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan 2023 yil 26 fevral kuni Xatirchi tuman Xalq ta’limi bo‘limi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Hozirda ushbu jinoyat ishi doirasida prokuratura idoralari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy Xalq ta'limi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing