Navoiyda quvurlarni ta’mirlayotgan ishchini qum bosib, vafot etdi (video)
3-sahifa
−
08 avgust 4227 1 daqiqa
Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida yer ostidan o‘tgan eski quvurlarni ta’mirlash vaqtida qum bosishi oqibatida ishchi halok bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuraturaning matbuot xizmatining rahbari Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, kecha, 7 avgust kuni Qiziltepa tumani “A.Navoiy” mahallasi hududidagi “Sfat plyus qurilish” MCHJda yollanma ishchi bo‘lib ishlab kelayotgan S. Qurbonov yer ostidan o‘tgan eski quvurlarni ta’mirlayotgan vaqtida qum bosishi oqibatida voqea joyida halok bo‘lgan.
Hodisa haqida xabarni Qiziltepa tumani markaziy shifoxonasi qabul bo‘limi hamshirasi bergan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, marhum 1967 yil 8 mayda tug‘ilgan bo‘lib, Qiziltepa tumani “Yashnaobod” mahallasida yashagan. U oilada 4 nafar farzand – bir o‘g‘il va 3 qizning otasi bo‘lgan hamda yakka tartibdagi ish faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan.
Bildirilishicha, mazkur hodisa yuzasidan Qiziltepa tumani IIB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatining Xatirchi tumanidagi tog‘ hududiga oltin qazib olish maqsadida borgan 4 nafar fuqarodan 3 nafari noqonuniy qazilgan chuqurlikka tushib ketgandi.
Live
Barchasi