Navoiyda qo‘lbola “bomba” yasagan fuqaro ushlandi

Jamiyat

image

Navoiy viloyatida qo‘lbola usulda tayyorlangan portlovchi moddalar muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda Davlat xavfsizlik xizmatining Navoiy viloyat boshqarmalari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. 

Unda Sh.A. ismli fuqaro K.H.ga oltin konlarida noqonuniy ravishda tarkibida qimmatbaho metall zarrachalari mavjud bo‘lgan qumlarni qazib olishda sherik qilib olishi evaziga, portlovchi moddalardan qo‘lbola usulda tayyorlangan 14 dona qurilmani bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 248-moddasi (O‘qotar qurolning, o‘q-dorilarning, o‘qotar qurol asosiy moddalarning, portlash vositalarining yoki portlash qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy bomba oltin koni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing