Navoiyda qidiruvda bo‘lgan 430 nafar shaxs ushlandi
3-sahifa
−
08 yanvar
180892023 yilda qidiruvda bo‘lgan 430 nafar jismoniy shaxs topilib, jami 650,5 million so‘m qarzdorlik undirildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Unga ko‘ra, Majburiy ijro byurosi Navoiy viloyati boshqarmasi qidiruv sho‘’basi xodimlari tomonidan qochib yurgan qarzdorlarni aniqlash maqsadida mamlakat bo‘ylab tezkor tadbirlar o‘tkazilib, 430 nafar shaxs ushlangan va yana 61 nafari qidirilmoqda.
Ushbu shaxslarning 19 nafari respublika hududida yashirinib yurganligi, 42 nafari esa chet elga turli maqsadlarda chiqib ketganligi aniqlangan.
Ular orasida aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab, tutqich bermay kelganlari ham bor.
Jumladan, Uchquduq tumanida yashovchi fuqaro F.R. aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lash yuzasidan davlat ijrochilari tomonidan bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan doimiy ravishda yashash manzilini o‘zgartirib, aliment majburiyatini bajarishdan bo‘yin tovlab kelganligi oqibatida uning 59,3 million so‘mlik qarzdorligi yig‘ilib qolgan.
Olib borilgan tezkor tadbirlar davomida qarzdor joriy yilning 4 dekabr kuni Toshkent viloyatidan ushlab kelinib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborilgan. Sudda qarzdorga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil 1 iyundan O‘zbekistonda chiqindi olib chiqib ketish bo‘yicha qarzdorlik yuzaga kelgan taqdirda iste’molchi elektr energiyasi uchun pul to‘lay olmasligi bo‘yicha qonun joriy qilingan edi.
LiveBarchasi