Navoiyda ikki kishi yuk va yengil avtomobil to‘qnashuvida halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiyda “Qoraqata” posti yaqinida haydovchi uxlab qolishi oqibatida yuk mashinasi ag‘darilib ketgani haqida xabar tarqaldi. Navoiy viloyati IIB Matbuot xizmati YTH bo‘yicha rasmiy xabar berdi.

Kecha, 7 dekabr kuni Konimex tumani hududidan o‘tuvchi A-379 avtomobil yo‘lida Damas rusumli avtomashina “Zarafshon-Navoiy” yo‘nalishida harakatlanib borib, qarama-qarshi tomonga chiqib, qarama qarshi yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan DAF rusumli yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. 

Oqibatda Damas rusumli avtomashinada bo‘lgan haydovchi va bir nafar yo‘lovchi vafot etgan.

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Navoiy

Baholaganlar

186

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing