Navoiyda IIB qidiruvidagi shaxs qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Buxoro viloyatida firibgarlik jinoyatini sodir etishda gumon qilinib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning qidiruvida bo‘lgan shaxs Navoiyda qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Toshkentda 2 yigitni pichoqlab, uyini yoqib yuborgan shaxs ushlandi north_east

Toshkentda 2 yigitni pichoqlab, uyini yoqib yuborgan shaxs ushlandi

Qayd etilishicha, u T.Yu. ismli ushbu shaxsga Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilib, tergovdan yashiringani uchun G‘ijduvon tumani IIB tomonidan qidiruv e’lon qilingan. Tumanning Zarangari mahallasida ro‘yxatda turuvchi bu shaxsning Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi yashiringan manzili aniqlanib, o‘sha yerda ushlangan.

Ayni paytda u tergov hibsxonasiga joylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda jinoyat sodir etib, yashiringani uchun qidiruvga berilgan shaxs Rossiyada qo‘lga olingandi. U qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish jinoyatini sodir qilib, tergovdan yashiringan. Moskvada ushlangach, O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

firibgarlik IIB tergov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing