Navoiyda gazballon portlashi oqibatida 3 yashar bola vafot etdi
3-sahifa
−
25 dekabr 2023 7392 1 daqiqa
Navoiy viloyatida Cobalt mashinasining metan gazballoni portlab ketishi oqibatida 3 yashar bola vafot etdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi.
Kecha, 24 dekabr soat 09:50larda fuqaro F.D. o‘z boshqaruvida bo‘lgan Cobalt mashinasi bilan Qiziltepa tumanidagi avtoturargohda bo‘lgan vaqtda mashinaning metan gazballoni portlab ketgan. Oqibatda haydovchi F.D. va uning 3 yashar voyaga yetmagan farzandi R.Sh. turli darajadagi tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Voyaga yetmagan R.Sh.ga ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, u shifoxonaning jonlantirish bo‘limida vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan Qiziltepa tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Barcha fuqarolardan avtomashinalarga gazballonlarini o‘rnatishda uning texnik jihatdan sozligi va to‘g‘ri o‘rnatilishiga e’tibor qaratishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.