Navoiyda daryodan jasad topildi

Jamiyat

image

Kecha, 15 iyul kuni taxminan soat 10:30 lar atrofida Karmana tumani “Kattamachit” MFYda joylashgan Navoiy IESga qarashli suv o‘tqazish to‘g‘oni oldida joylashgan suv o‘tqazish joyining oqib o‘tuvchi “Zarafshon” daryosi ichidan taxminan yoshi 40-45 lardagi, erkak jinsidagi noma’lum shaxs murdasi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, ushbu noma’lum shaxsning murdasi 1975 yilda tug‘ilgan Samarqand viloyati Paxtachi tumani “Dabusiya” mahallasida yashovchi T.Y.ga tegishli ekanligi aniqlandi.

2020 yilning 12 iyul kuni soat taxminan 20:00 larda, fuqaro O.D. ga tegishli bo‘lgan Karmana tumani “Ko‘xna-qo‘rg‘on” MFY “Ustashirin” ko‘chasida qayni ukasi F.P hamda qizi M.G. bilan birgalikda oldindan jinoiy til biriktirib, T.Y bilan o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro kelishmovchilik natijasida H.R. va F.P. T.Yning tanasining turli qismlariga yog‘och bo‘lagi bilan urib, tan jaroxati yetkazishgan. H.R T.Y.ning bo‘yin qismidan oyog‘i bilan bosib, uni xushsiz holatga keltirgan, kech soat 01:00 larda T.Y.ning o‘lganligini bilganlaridan keyin, uning jasadini eshak aravaga ortishib, “Ko‘xna-qo‘rg‘on” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi “Zarafshon” daryosiga oqizib yuborishgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy jasad daryo

Baholaganlar

657

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing