Navoiyda bog‘cha bolalarining tanasidan kaltak izlari topildi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatida bog‘cha bolasining kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. Tarmoqqa sizdirilgan rasmlarda bolalaning tanasining yuz qismida kaltak izlarini ko‘rish mumkin. Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu holat shu yilning 4 may kuni Karmana tumani “Kumushkon” MFYdagi yakka tartibdagi tadbirkor Sh.S. rahbarligidagi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tegishli ekanligi aniqlangan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tarbiyalanuvchiga qilingan bunday qo‘pol hatti-harakat shu bog‘chaning tarbiyachi yordamchisi S.Yu. tomonidan sodir etilganligi ma’lum bo‘lgan.

Bildirilishicha, shu yilning 8-may kuni mazkur xodimga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli qaror qabul qilish masalasi ish beruvchi tomonidan ko‘rib chiqiladi. O‘sha kuni Karmana tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan vakolati doirasida ko‘rib chiqishlik va tegishli qaror qabul qilish uchun tuman prokuraturasi va Ichki ishlar bo‘limiga belgilangan tartibda xat yuborilishi ta’minlanadi.

Esltib o‘tamiz, Andijon viloyatida 2 yoshli bola ayovsiz kaltaklangan edi. Bolaga qo‘pol muomalada bo‘lgan xususiy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatiga chek qo‘yilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy kaltak bog'cha bolalari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing