Navoiyda 6 yoshli farzandini sotayotgan ayol ushlandi
Jamiyat
−
23 may 2019 5092 1 daqiqa
Navoiy viloyatida 6 yashar farzandini sotayotgan ayol kishi qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh Prokuraturaning Matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi xodimlari va viloyat IIB bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.N. o‘zining 6 yoshli farzandini fuqaro G.M.ga 15 mln. so‘mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalilar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Sh.N.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr