Navoiyda 55 yoshli fuqaroning ismi va jinsi xato yozib kelingani aniqlandi

3-sahifa

image
Vanuatudan Misrgacha: “oltin pasport” nima beradi? north_east

Vanuatudan Misrgacha: “oltin pasport” nima beradi?

Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida yashovchi fuqaroning jinsi hujjatlarda uzoq yillarda beri erkak deya ko‘rsatilib, ismi ham xato yozilgani aniqlandi. Bu haqda viloyat Adliya boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, viloyat miqyosida o‘tkazilgan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi doirasida ismi Erkin Tilavov deb ko‘rsatilgan, aslida Erkinoy Tilavova ismida bo‘lgan 55 yoshli fuqaro aniqlangan. Uning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasiga jinsi erkak sifatida yozilgan. Ayol pensiyaga chiqish paytida ushbu xatolik tufayli muammoga duch kelgan.

Qiziltepa tumani FHDYO bo‘limi mudirasi Marusa Nosirova xato yozilgan tug‘ilganlik guvohnomasi bilan fuqarolik pasporti ham olinganini bildirgan. Hujjatga ayolning ota-onasi tuzatish kiritib qo‘ygan va bu bilan fuqarolik pasporti olingan. Bugungi kunda elektron tizim bo‘lgani sababli ular muammoga duch kelgan.

Holat yuzasidan Qiziltepa tumani Adliya bo‘limi tomonidan FHDYO hamkorligida sudga fuqarolik faktini belgilash bo‘yicha da’vo arizasi kiritilgan.


Maqola muallifi

Teglar

FHDYo Erkinoy Tilavova Qiziltepa tumani

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing