Navoiyda 5-sinf o‘quvchisi chet tilidan B2 sertifikatini oldi

Jamiyat

image

Navoiy shahridagi 22-umumta’lim maktabining 5-sinf o‘quvchisi Islombek Mansurov ingliz tilidan B2 darajadagi milliy sertifikatni qo‘lga kiritdi. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, Islombek bu natijaga birinchi urinishdayoq erishgan. Shubhasiz bu yosh jihatdan mamlakatdagi eng yaxshi natijalardan biri bo‘lgan. 

“Islomning bu natijasi – yoshlarimizda chet tillariga bo‘lgan qiziqish ortib borayotgani, to‘g‘ri yo‘naltirish va mehnat bilan har qanday cho‘qqini zabt etish mumkinligini isbotlab turibdi”, deyiladi boshqarma xabarida. 

Ma’lumot uchun, oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda chet tilidan B2 sertifikati bor abituriyentga maksimal ball beriladi. 

Qolaversa, umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan xorijiy til o‘qituvchilari uchun ham kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro til sertifikatini olish majburiy etib qo‘yilgan. Bu talab 2026 yilning 1 yanvaridan kuchga kirishi kerak edi, ammo ba’zi sabablar tufayli 2026-2027 o‘quv yili boshiga qadar uzaytirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy B2

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing