Navoiyda 31 yoshli ayol o‘zi va 3 nafar qizini poyezd tagiga tashlamoqchi bo‘ldi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 21 mart kuni Navoiy viloyatining Karmana tumanida ayol o‘zi va 3 nafar voyaga yetmagan qizini o‘ldirishga urindi. Bu xaqda Zamon dasturi xabar bermoqda.

Malikrabot qo‘rg‘oni hududidan o‘tuvchi Karmana-Tinchlik temiryo‘l bekatlari oralig‘ining 17-kilometrida 31 yoshli ayol 3 nafar qizalog‘ini temir yo‘l iziga olib chiqishi oqibatida ularni poyezd urib yuborgan.

Navoiy viloyati IIB ma’lumotlariga ko‘ra, 2013 yilda tug‘ilgan uning qiz farzandi uning qo‘lidan chiqib ketadi, 2016 va 2018 yilda tug‘ilgan farzandlari esa oldida qoladi. Poyezdning urishi natijasida ayol hamda 2016 yilda tug‘ilgan qizi peshona qismidan tan jarohati olishadi.

Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan ayol vafot etdi. 2016 yilda tug‘ilgan farzandi hozirgi kunda tuman tibbiyot birlashmasida muolajalarni olmoqda.

Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi hamda IIB tomonidan tekshiruv ishlari amalga oshirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy temir yo'l

Baholaganlar

417

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing