Navoiyda 16 yashar o‘smir 5 yoshli jiyanini o‘ldirdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 9 iyul kuni Navoiy viloyati Navbahor tumanida voyaga yetmagan o‘smir mudhish qotillik sodir etdi va qizchaning o‘limiga sabab bo‘ldi. Bu haqda IIV xabar berdi.

2004 yil Zarafshon shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti tugallanmagan o‘rta, maktab o‘quvchisi, ayni paytda Zarafshon shahridagi 6-kichik dahada istiqomat qiluvchi B.Q. joriy yilning 8 iyul kuni ota-onasi bilan birgalikda Navbahor tumani, “Yangihayot” MFYda istiqomat qiluvchi bobosining uyiga mehmondorchilikka borgan.

B.Q. amakisi – 1985 yil tug‘ilgan, millati o‘zbek, Navbahor tumani, “Yangihayot” MFYda yashovchi E.T.ning o‘gay qizi, ya’ni 2015 yil Nurota tumanida tug‘ilgan, Navbahor tumani, “Yangihayot” MFYda istiqomat qiluvchi, voyaga yetmagan M.A.ni oshxona pichog‘i bilan bo‘yin sohasiga urib, qasddan o‘ldirgan. Voqeaga tasodifan guvoh bo‘lgan M.A.ning onasi, ya’ni 1988 yil Nurota tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, 1 nafar farzandi bor, Navbahor tumani, “Yangihayot” MFYda yashovchi M.D.ga ham qo‘lidagi pichoq bilan bir necha marotaba tan-jarohati yetkazib, voqea joyidan yashiringan. 

Ayni payda jabrlanuvchi M.D. tuman Tibbiyot birlashmasining “Jonlantirish bo‘limi”ga yotqizilgan.

Navoiy viloyati IIB JQB xodimlarining olib borgan tezkor sa’y-harakatlari natijasida, gumonlanuvchi shu kunning o‘zidayoq qo‘lga olingan.
 


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Navoiy

Baholaganlar

1064

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing