Navoiyda 11 ta avtomobil ishtirokida YTH yuz berdi
3-sahifa
−
10 noyabr 2020
6632Joriy yilning 8 noyabr kuni Navoiy viloyatida 11 avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.
Soat 18:30 larda Navoiy viloyati, Konimex tumani hududidan o‘tuvchi A-379 avtomobil yo‘lining 110-kilometrida yuz bergan. Haydovchi, 1994 yilda tug‘ilgan M.G‘. boshqaruvidagi Howo Sinotruk rusumli yuk avtomashinasida, yomg‘irli havoda, sirpanchiq yo‘lda harakat xavfsizligini ta’minlay olmasdan yo‘ldan o‘ng tomonga chiqib ketib ag‘darilgan. Hodisani ko‘rgan boshqa haydovchilar yo‘l chetiga transport vositasida to‘xtagan.
Ushbu yo‘nalishda harakatlanib kelgan haydovchi, 1983 yilda tug‘ilgan A.S. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomobilda sekinlagan vaqtida, ortidan kelayotgan, haydovchi, 1989 yilda tug‘ilgan S.J. o‘z boshqaruvidagi MAN rusumli yuk avtomashinasida ortilgan yuki bilan keskin tormozlanib, Lacetti`ni urib o‘tgan va sirpanishda davom etib tirkamasi bilan yo‘l chetida to‘xtab turgan:
1) Haydovchi, 1986 yilda tug‘ilgan Sh.T. boshqaruvidagi “UAZ” rusumli;
2) Haydovchi, 1966 yilda tug‘ilgan Q.A. boshqaruvidagi MAN rusumli;
3) Haydovchi, 1991 yilda tug‘ilgan M.N. boshqaruvidagi Nexia rusumli;
4) Haydovchi, 1978 yilda tug‘ilgan B.N. boshqaruvidagi Coablt rusumli;
5) Haydovchi, 1971 yilda tug‘ilgan U.J. boshqaruvidagi Matiz rusumli;
6) Haydovchi, 1971 yilda tug‘ilgan S.S. boshqaruvidagi Mercedes-Benz rusumli;
7) Haydovchi, 1995 yilda tug‘ilgan F.S. boshqaruvidagi Nexia rusumli;
8) Haydovchi 1964 yilda tug‘ilgan I.N. boshqaruvidagi Nexia” rusumli transport vositalarini birin-ketin urib o‘tgan.
To‘qnashuv natijasida vafot etganlar yo‘q. Zarafshon shahar 3-sonli TSQ tomonidan taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, ushbu YTH sabab 11 nafar fuqarolar murojaat qilishgan:
1) 1978 yilda tug‘ilgan fuqaro D.N. - bosh tepa sohasining shilingan jarohati;
2) 2010 yilda tug‘ilgan fuqaro - bosh miyaning chayqalishi aniqlanmagan;
3) 2014 yilda tug‘ilgan fuqaro D.I. - bosh miyaning chayqalishi aniqlanmagan;
4) 1973 yilda tug‘ilgan fuqaro O.S. - ensa soha yertilgan jarohati;
5) 2008 yilda tug‘ilgan fuqaro D.S. - bosh miyaning chayqalishi aniqlanmagan;
6) 2012 yilda tug‘ilgan fuqaro D.S. - bosh miyaning chayqalishi aniqlanmagan;
7) 1960 yilda tug‘ilgan fuqaro I.S. - ensa soha lat yeyishi va yirtilish jarohati;
8) 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro Ch.B. - bosh miyaning chayqalishi aniqlanmagan;
9) 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro K.S. - to‘sh sohasi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi;
10) 1962 yilda tug‘ilgan fuqaro X.A. - bosh chap yon sohasining shilingan jarohati. Bosh miyaning chayqalishi aniqlanmagan;
11) 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro F.S. - bosh miyaning chayqalishi aniqlanmagan. Jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shu kuni yashash uylariga javob berilgan. Konimex tumani Tibbiyot birlashmasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, 8 noyabr kuni yo‘l-transport hodisasi bilan bog‘liq tan jarohati olgan fuqarolardan murojaat kelib tushmagan.
Mazkur to‘qnashuv yuzasidan Konimex tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.