Navoiyda 10 yashar bola YTH qurboni bo‘ldi

3-sahifa

image

Bugun, 1 sentyabr kuni Navoiy viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida 10 yashar bola vafot etdi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.

YTH soat 12:18 larda, Konimex tumani hududidan o‘tuvchi A-379 “Navoiy-Zarafshon-Uchqududuq” avtomobil yo‘lining 85-86 kilometrlari oralig‘ida yuz bergan. 1994 yilda tug‘ilgan Ye.B. Nexia rusumli avtomobilni “Zarafshon-Navoiy” yo‘nalishida boshqarayotib, charchoq oqibatida uxlab qolib, boshqaruvni yo‘qotgan. Natijada transport vositasi yo‘lning o‘ng tomoniga chiqib ketib ag‘darilgan.

Avtohalokat oqibatida Nexia rusumli avtomobil yo‘lovchisi 2010 yilda tug‘ilgan G.N. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Konimex tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan  dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Navoiy

Baholaganlar

158

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing