Navoiyda 10 mingdan ortiq aholi ko‘chiriladi – QALAMPIR.UZ
Jamiyat
−
08 yanvar 2020
44365“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasiga qarashli ochiq konlar bilan chegaradosh bo‘lgan Uchquduq tumanidagi “Kokpatas”, Zarafshon shahri yaqinidagi “Muruntau” ovulidagi qariyb 1000ta xonadon, shuningdek Navoiy shahridagi sanoat zonasida joylashgan shirkat hududidagi 2500dan ortiq dala hovlilarda doimiy istiqomat qilib kelayotgan 10 mingdan ortiq aholi boshqa joyga ko‘chirilishi bo‘yicha jarayon boshlangan. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar bermoqda.
Bu masalada Senat 2019 yilning 14 dekabr kunida SQ-563-III sonli qarorni qabul qilgan. Qaror yuzasidan Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimligi, viloyat xalq deputatlari Kengashi va boshqa tashkilotlarga bir qator vazifalar yuklatilgan.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Navoiy viloyat hokimligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralarni jalb qilgan holda 1 oy muddatda mazkur qarorda qayd etilgan va Respublika darajasidagi masalalarni hal etish ko‘rsatilgan. Shu bilan birga, maxsus komissiya tuzgan holda yuqoridagi manzillarda yashovchi (aynan qarorda ko‘rsatilgan hudud) aholisini boshqa joyga ko‘chirish masalasini to‘liq hal etish choralarini ko‘rishi lozimligi ko‘rsatilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasiga qarashli ochiq konlar bilan chegaradosh bo‘lgan Uchquduq tumanidagi “Kokpatas”, Zarafshon shahri yaqinidagi “Muruntau” ovulidagi qariyb 1000ta xonadon aholisidan mazkur konlarda doimiy ravishda burg‘ulash va portlash ishlarining olib borilishi oqibatida yuzaga kelayotgan muammolar xususida e’tirozlar ko‘paygan.
Viloyatda yuzaga kelgan dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy muammolardan biri yirik korxonalarga tutash hududlarda istiqomat qilayotgan aholini ko‘chirish yoki ular uchun munosib turmush tarzini yaratish bilan bog‘liq hisoblanadi.
Qarorda belgilanishicha, mas’ullarga joriy yilning 15 yanvariga qadar chora-tadbirlar ishlab chiqish va ijrosi yuzasidan 20 yanvarga qadar Senatga ma’lumot taqdim qilish belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi (T.Madumarov) mazkur Qaror ijrosining borishini 2020 yilning 1 iyuniga qadar xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashi bilan birgalikda qo‘shma majlisda joyiga chiqqan holda muhkama qilishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Navoiy viloyati hokimiyati Matbuot xizmati bilan bog‘langanimizda bu bo‘yicha amaliy ishlarning barchasi navbati bilan qonun doirasida amalga oshirilishi mansabdolarning nazoratidaligi, asosiy masala aholi sog‘ligini himoyalash ekani va tez orada bu xususida to‘liq rasmiy ma’lumot berilishi aytildi.
Yuqoridagilardan xulosa qiladigan bo‘lsak, mazkur hududlar aholisi, albatta, ko‘chiriladi. Uylarning buzilishi, ular qayerga ko‘chirilishi, shaxsiy mulk uchun kompensatsiya pullarini to‘lash Prezident aytganidek adolatli hal etilishiga ishongimiz kelyapti.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr