Navoiyda hokimni sudga bergan tadbirkor o‘lik holda topildi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida mahalliy fermerlardan biri sirli o‘lim topgani aytilmoqda. Shuningdek, fermer tuman hokimining unga berilgan yer maydoniga oid ijara shartnomasini bekor qilish haqidagi qarori ustidan sudga murojaat qilgani ham qo‘shimcha qilingan. Biroq sud bo‘ladigan kun hali yetib kelmay fermerning jasadi tumanning “Polvonota” MFY hududidan o‘tgan ariqdan topilgan.

Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ`ga rasmiy ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 6 noyabr kuni soat 10:30 larda Xatirchi tumani, “Polvonota” mahalla fuqarolar yig‘ini, “Kapa” qishlog‘ida yashovchi fuqaro M.M.ning jasadi ushbu MFY. hududidan oqib o‘tuvchi “Qaxramon” arig‘idan tan jarohatlarisiz topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilib, natijasiga ko‘ra, 5 dekabr kuni JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Sud-tibbiy ekspertizasining 27 noyabrdagi hulosasiga ko‘ra, M.M.ning o‘limi yurak nafas yo‘llarining suv bilan berkilishidan kelib chiqqan mexanik asfeksiyadan kelib chiqqanligi qayd qilingan. Shu bilan birga, marhumning qarindoshlarida turli xil shubhalar paydo bo‘lib, ularni turli instansiyalarga murojaat qilishlariga sabab bo‘lgan.

Shu bois, tuman prokuraturasi tergovchisi E.Asatov tomonidan ushbu holat yuzasidan qabul qilingan qaror, marhumning qarindoshlari tomonidan keltirilgan vajlarni to‘laqonli tekshirilishini ta’minlash maqsadida tuman prokurori tomonidan bekor qilinib, hozirda qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura

Baholaganlar

1579

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing