Navoiy viloyatida qator shahar va tuman hokimlari o‘zgardi

Jamiyat

−

image

Bugun, 10 may kuni Navoiy viloyatining qator shahar va tumanlarida yangi hokimlar tayinlandi.

Murodxon Egamqulov Navoiy shahar hokimi lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar u Konimex tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.

Ruslan Nasirovich Ro‘ziyev Konimex tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar u Navoiy viloyati prokurori o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Azamat Shodiyevich O‘roqov Navbahor tumani hokimi  lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar u Navoiy viloyati mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Nazirbek Israilovich Rahmonov Zarafshon shahar hokimi lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar u “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi” davlat muassasasi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

426

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing