Navoiy viloyatida G‘ozg‘on shahar hokimligi tashkil etildi
Jamiyat
−
24 Sentabr 2020
11895O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Navoiy viloyati tarkibida G‘ozg‘on shahar hokimligini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra:
Navoiy viloyati tarkibida viloyat bo‘ysunuvidagi G‘ozg‘on shahar hokimligi tashkil etildi.
G‘ozg‘on shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga ko‘ra:
• qurilish materiallari ishlab chiqarish klasterlarini tashkil etish orqali aholi bandligi ta’minlanadi;
• shahar hududida geologiya-qidiruv ishlari ko‘lamini kengaytirish orqali yangi konlarni aniqlash va o‘zlashtirish choralari ko‘riladi;
• shaharda ko‘p kvartirali uylar qurilishini tashkil etish orqali urbanizatsiya darajasini oshirish va aholi uchun munosib turmush sharoitini yaxshilash ishlariga e’tibor qaratiladi.
Qaror bilan shuningdek,
• G‘ozg‘on shahar hokimligi boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi;
• G‘ozg‘on shahridagi davlat organlari va tashkilotlarining bo‘linmalari va boshqaruv xodimlarining soni tasdiqlandi.
G‘ozg‘on shahrida joylashgan davlat organlari va tashkilotlarining boshqaruv xodimlari vazirliklar va idoralarning umumiy shtat birliklari doirasida kiritilishi belgilandi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar