Navoiy viloyati prokurori o‘zgardi
Jamiyat
−
17 mart
6466Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Abduqaxxor Fayzulloyevich Mullajonov Navoiy viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
2023 yil noyabrdan beri viloyat prokurori sifatida ishlab kelayotgan Azamat Mirzayev esa Toshkent viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.
Qayd etish joiz, Navoiyning yangi prokurori Mullajonov tayinlovga qadar Toshkent viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Bosh prokuror o‘rinbosari – Harbiy prokuror Botir Bahromovich Qudratxo‘jayev Prezident farmoni bilan Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga tayinlangandi.