Navoiy viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
16 avgust 2023
5539Jamshid Baxtiyorovich Xo‘jayev Navoiy viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Navoiy shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Jamshid Xo‘jayev 1987 yil 3 iyun kuni Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. U 2008 yilda Navoiy pedagogika institutining milliy istiqlol g‘oyasi yo‘nalishini tugatgan. Jamshid Xo‘jayev Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi a’zosi hisoblanadi.
U bugunga qadar bir qator davlat organlarida, jumladan, 2008-2017 yillarda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashida turli lavozimlarda ishlagan. Xo‘jayev 2017-2020 yillarda Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi, 2020-2021 yillarda esa Yoshlar ishlari agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i, 2021 yilning 23 dekabrida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayevning birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Jamshid Xo‘jayev mazkur lavozimda 2020 yilning may oyidan buyon ishlab kelgan Yashin Dushanov o‘rnini egalladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Ismoilovich Jabborov Samarqand viloyatining Payariq tumani hokimi lavozimiga tayinlangan edi.
LiveBarchasi