Navoiy viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Erkin Shamsiddinovich Kamolov Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Erkin Kamolov Navoiy viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Kamolov mazkur tayinlovga qadar Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi huzuridagi “Qamchiqavtoyo‘l” ixtisoslashtirilgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi direktori lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Erkin Kamolov 1987 yilda Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy – 2009 yilda Toshkent avtomobil yo‘llari institutini tamomlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy tayinlov hokim o'rinbosari Erkin Kamolov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing