Navoiy viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
13 aprel
5695Rustam Davutovich Sulaymonov Navoiy viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Rustam Sulaymonov tayinlovga qadar "Mikrokreditbank" aksiyadorlik-tijorat banki boshqaruvi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Sulaymonov 1982 yilda Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2004 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2012 yilda esa Bank-moliya Akademiyasini iqtisodiyot, bank ishi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan, iqtisodchi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkent viloyatidagi Piskent tumanini boshqarib kelayotgan Nodirbek Yoqubov o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan bo‘shatilib, uning o‘rniga Muzaffar Aripov hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.