Navoiy SSBga yangi boshliq tayinlandi
Jamiyat
−
10 Sentabr 2020 8436 1 daqiqa
Navoiy viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘iga asosan Zafar Rasulov viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Navoiy viloyati SSB boshlig‘i Farhod Gafarov sog‘ligi taqozosi sababli o‘z xohishiga ko‘ra vazifasidan ozod etildi.
Zafar Rasulov shu kunga qadar Sog‘liqni saqlash vazirligi davolash-profilaktika yordamini tashkillashtirish bosh boshqarmasi birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
41 yoshli Zafar Rasulov 2003 yil Toshkent davlat tibbiyot instituti (hozirgi Toshkent tibbiyot akademiyasi)ni tamomlagan. Xususan, Uchquduq tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i, Navoiy viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining profilaktika va davolash ishlarini tashkil etish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025