Navoiy shahriga yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
10:12 1974 1 daqiqa
Bobur Islomov Navoiy shahar hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Navoiy viloyati hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Navoiy shahri xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Dilmurod Ergashev Navoiy shahri hokimi lavozimidan ozod etilgan. Navoiy viloyati hokimining joriy yil 13 oktyabrdagi 229-5-0-Q/26-sonli qaroriga muvofiq, Bobur Islomov Navoiy shahar hokimi etib tayinlangan. Uning nomzodi Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi tomonidan tasdiqlangan.
Ushbu tayinlovga qadar Bobur Islomov “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisining elektr tarmoqlaridan foydalanish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Yangi lavozimda u 2023 yil 27 iyuldan buyon Navoiy shahri hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Dilmurod Ergashevning o‘rnini egallagan.
Ma’lumot uchun, Bobir Islomov 1981 yilda Navoiy viloyatining Navbahor tumanida tug‘ilgan. U 2003 yilda Navoiy davlat konchilik institutini, 2005 yilda Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutini tamomlagan. 2012 yilda esa Oliy biznes maktabini bitirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Doniyor Muqumjonovich Yusupov Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari – Shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi